Munosabatlar
July 25

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro IP-telefon raqami bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammo bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari masalaga oydinlik kiritib, ular tomonidan mavjud muammo ijobiy hal etilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati