Munosabatlar
April 24

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali fuqaro Andijon shahriga kamera o‘rnatish huquqini beruvchi auksion bilan bog‘liq e’tirozli murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud masala yuzasidan tushuntirish berganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati