Munosabatlar
June 20

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar xabari" Telegram kanali orqali fuqaro Xo‘jaobod tumani Yangi Farg‘ona, To‘raobod va Ipak Yo‘li mahalla fuqarolar yig‘ini hududida internet xizmatlarida uzilishlar yuzaga kelayotganligi ta’kidlanfan murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan nazoratga olinganligi bildiriladi. Shu bilan birga, murojaat e’lon qilingan axborot kanali adminiga murojaat yuzasidan bog‘lanish uchun biror manba taqdim etilishi so‘ralib so‘rov qoldirilgan. Bog‘lanish uchun manba taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal etishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati