Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan X ijtimoiy tarmog‘i orqali internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi bildirilgan murojaat qoldirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati kompaniya internet tarmog‘i doimiy ish rejimida ishlayotganligi hamda uzilishlar kuzatilmayotganligi, abonent nazarda tutgan vaziyat ma’lum bir texnik sabablar evaziga yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Shunday bo‘lsada mazkur murojaat faoliyat nazoratiga olinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati