Munosabatlar
May 16

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali “Komporuz” guruhida Shahrixon tumani “Maslahattepa” MFY aholisi nomidan murojat yo‘llangan. Unda mahalla hududida aloqa kabeli tez-tez uzilishlar sodir bo‘ishi va aholi Internet tarmog‘isiz qolib ketayotganligidan shikoyat qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati