Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, “Jamiyat” gazetasining 2026-yil 30-sentabrdagi №38-39 (1005)-sonida “Haqqini talab qilmaydigan abonent va yashirin tuzoqlar” sarlavhasi bilan aloqa operatorlari, xususan, kompaniya tarif rejalari haqida asossiz, batafsil o‘rganilmagan ma’lumotlar keltirilgan maqola e’lon qilingan.

Kompaniya Axborot xizmati mazkur maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aytish joizki, maqola muallifi nazarda tutgan va masalani oxirigacha o‘rganmasdan fikr yuritgan tarif rejasi narxiga haqiqatan ham o‘zgartirishlar kiritilgan va o‘zgarishlar evaziga O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar (VoLTE/VoWiFi) uchun qo‘shimcha daqiqalar taqdim etilgan. Qo‘shimcha daqiqalardan qanday shartlarda foydalanilishi haqida kompaniyaning rasmiy saytida batafsil ma’lumot berilgan. Abonentlar uchun esa ehtiyojiga qarab istalgan tarif rejasidan foydalanish imkoniyati yaratilganligini ma’lum qilamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati