Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga qayta aloqa orqali fuqaro murojaat yo‘llab, unda foydalanib kelayotgan tarif rejasiga abonentni ogohlantirishsiz o‘zgartirish kiritilganlitgidan shikoyat qilingan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, Kompaniya xizmatlari foydalanuvchilari uchun yo‘lga qo‘yilayotgan yangi xizmat turlari, xizmatlarga kiritilayotgan o‘zgarishlar va foaliyatga doir barcha yangiliklarni rasmiy veb-sayti orqali muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.
Shuningdek, fuqaro murojaatida nazarda tutilgan mazkur o‘zgarish to‘g‘risida ham rasmiy veb-sayti orqali o‘rnatilgan tartibda ma’lum qilinganligi bildiriladi.