Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Soyalar Xabari” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Ulug‘nor tumani hududida yashovchi fuqaro internet tarmog‘i ishlash tizimida yuzaga kelgan uzilishlar yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Shuningdek, Izboskan tumani hududida yashovchi fuqaro ham internet tarmog‘iga ulanishda yuzaga kelayotgan muammo yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaatlar aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan Kanal adminiga qayta aloqaga chiqib murojaatchi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini so‘ragan.
Biroq murojaatlar tegishli hududiy boʻlinmaga yoʻnaltirilishi uchun murojaatchilar bilan bog‘liq ma’lumotlat taqdim etilmagan. Shunga qaramasdan mazkur murojaatlar nazoratga olinganligi va zaruriy ma’lumotlar taqdim etilishi bilan ijobiy hal etilishi uchun yo‘naltirilishi bildiriladi.