Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “x.com” (Twitter) tarmog‘ida “Uzmobile va dilerlar o‘rtasida “o‘rtakash” firmalar paydo bo‘layotgan ekan” degan mazmunda axborot e’lon qilingan.
Mazkur axborot yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, ushbu ma’lumot atroflicha o‘rganilmasdan yoritilgan axborot hisoblanadi. Aslida joylarda Kompaniya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Savdo shoxobchasi ochish uchun belgilangan talab va majburiyatlarga amal qilmagan dilerlar bilan ishlash tartibining yangi shakli yo‘lga qo‘yilgan va bu orqali dilerlarning doimiy ish tartibiga hech qanday o‘zgarishlar joriy etilmasligi, faqat ular faoliyatini doimiy nazorat qilib borish maqsad qilinganligi bildiriladi.