Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali Qo‘shrabot tumani Jonbuloq qishlog‘ida aloqa tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi bo‘yicha murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Xususan, bo‘linma mutaxassislari tomonidan masala yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot so‘ralib so‘rov qoldirilgan. So‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan marojaat ijobiy hal qilishga yo‘naltirilishi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati