August 26

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “IZBOSKAN NEWS.UZ” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izboskan tumani “Shodlik” MFYda Marjon ko‘chasi hududidan o‘tgan aloqa kabeli yerda yotganligi va buni tartibga solishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Tegishli hududiy bo‘linma ma’sullarining ma’lumotiga ko‘ra mazkur hududda daraxt kesish ishlari amalga oshirilganligi bois, aloqa kabellari zararlanmasligi uchun ma’lum vaqtga xavfsizligi ta’minlangan va ayni paytda tartibga olinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati