Munosabatlar
Today

Rasmiy axborot

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa ochiq manbalarda Kompaniya faoliyatiga oid tarqatilayotgan ma’lumotlar yuzasidan doimiy monitoring va tahlil ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Ogoh bo‘ling, bu tuzoq!” sarlavhasi ostida Kompaniya faoliyatiga oid asossiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar e’lon qilinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Kanalda tarqatilgan axborotda go‘yoki internet tarmog‘ida Telegram akkauntlarini sotish bilan bog‘liq jarayonlarda Kompaniyaga tegishli raqamlar sotib olinayotgani haqida asossiz taxminlar ilgari surilgan.

“O‘zbektelekom” AK ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qat’iy bildiradi. Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar doirasida bunday holatlar mavjud emas.

Shuningdek, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish orqali Kompaniyaning ishchanlik obro‘siga putur yetkazish uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Abonentlar va keng jamoatchilikdan xizmatlar yuzasidan ma’lumot olishda faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini hamda tekshirilmagan va ishonchsiz xabarlarga ishonib qolmasliklarini so‘raymiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati