Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “Muxbir Daliev” telegram kanalida Farg‘ona viloyatining ayrim tuman hududlarida aloqa sifati yo‘qolib, uzilishlar yuzaga kelayotganligi bo‘yicha murojaat yo‘llangan.
https://t.me/muxbirdaliev/18783
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, murojaatda keltirilgan vaqt mobaynida “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘ida (oldindan ogohlantirilgan) rejadagi modernizatsiya qilish ishlar olib borilayotganligi sabab, taqdim etilayotgan xizmatlarda uzilishlar kuzatilgan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!