Munosabatlar
February 10

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Халк Назорати” guruhi orqali fuqaro tarif rejalariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud masala yuzasidan tushuntirish berganligi va muammo ijobiy hal qilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati