Ko‘rik-tanlov g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida tizimdagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari o‘rtasida tanlov bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rik-tanlov yangi tahrirdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etildi. Unda ishtirok etgan 110 dan ziyod boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlar faoliyati respublika komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Tanlovning tarmoq bosqichi g‘oliblarini aniqlashda jamoa shartnomalarini tarmoq kelishuvlariga moslashtirgan, ish beruvchilar bilan hamkorlikda ularning bajarilishiga erishgan, bandlik va yangi ish o‘rinlarini yaratish, munosib ish haqi to‘lanishi, xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yarata olgan, xodimlar hamda ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida mehnat qonunlariga rioya etilishini ta’minlagan, faoliyatlarini nizom talablari va me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri va samarali tashkil etgan, ixtiyorlarida qoldirilgan mablag‘lardan tasdiqlangan rejaga muvofiq maqsadli foydalanib, sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga e’tibor qaratildi.
Joriy yilgi ko‘rik-tanlovda “O‘zbektelekom” AK boshlang‘ich kasaba uyushmasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoamizga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilab qolamiz.