October 5, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Aks-sado” telegram kanali orqali Sergeli tumani “Qubaytepa” mahalla “Bog‘zor” ko‘chasidagi internet va telefon aloqa kabellari tortilgan simyog‘ochlar eski va yaroqsiz holga kelib qolgani ma’lum qilingan.

https://t.me/aks_sado_uz/1855

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari ayni paytda mahalla hududida kanalizatsiya va ichimlik suvi quvurlarini o‘tkazish uchun yer qazish ishlari olib borilayotganligi sabab, internet va telefon aloqa kabellari tortilgan simyog‘ochlarni almashtirish uchun texnika kirib borishining imkoni yo‘qligi hamda mazkur ishlar yakunlanishi bilan yuqoridagi muammolar bartaraf etilishini ma’lum qilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress