July 4, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Facebook sahifasi orqali Toshkent shahar hududida joylashgan xizmat ofisiga ulangan internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligi, bu boradagi murojaatlari esa javobsiz qoldirilayotganligi bildirilgan.

https://www.facebook.com/nishonovravshan/posts/pfbid02pWyjFiTevT6GPo9uExu2KYHDKCYBtMtWdhY9WEC8cWWttVAQVurMLenGHoJA1kFel

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislarining amaliy ko‘magi bilan murojaatda keltirilgan muammo ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati