Munosabatlar
October 6
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Vodir1.uz" Telegram kanali orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani "Matonat" MFY hududida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelganda kompaniyaga tegishli tayanch aloqa stansiyasida ham uzilishlar kuzatilayotganligi ta’kidlangan murojaat eʼlon qilingan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olingan. Vaziyatga oydinlik kiritilgach, texnik guruh yordamida mavjud muammo bartaraf etilganligi va masala ijobiy hal etilganligi bildiriladi.