Munosabatlar
December 25, 2024

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Facebook sahifasidagi “QOʻQONIM” guruhi orqali fuqaro Internet tarmog‘ida yuzaga kelgan uzilishlar bilan bog‘liq muammo yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan bog‘lanilib, muammo bartaraf etilganligi va masala ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati