Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar xabari" Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon tumani "Qashqar" MFY Porloq yo‘l ko‘chasi hududida internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelayotganligi yuzasidan murojaat qoldirilgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Shu bilan birga mazkur murojaat e’lon qilingan kanal administratsiyasiga qayta aloqa orqali bog‘lanib, murojaat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishi so‘ralgan. Ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal qilishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati