Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Soyalar Xabari” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Andijon shahri Qo’shariq tumani hududida yashovchi fuqaro internet tarmog‘idagi uzilishlar yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaat e’lon qilingan kanal mas’ullariga qayta aloqaga chiqishgan va zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralgan.
Murojaatji qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi bilan muammoga oydinlik kiritilib, bartaraf etish chorlari ko‘rilishi bildiriladi.
“O‘zbektelekom” AK abonentlarga yanada yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va yanada yaxshiroq qulaylik yaratish tarafdori.