February 15
Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda "Kurbanoff.net" Telegram kanali orqali Kol-markazga qo‘ng‘iroq qilinganda uzoq navbat yuzaga kelganligi bo‘yicha murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan holat yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilganligi ma’lum qilinadi.