XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimida Belarus kinoijodkorlar delegatsiyasi ishtirok etdi
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy (Panorama)da bo‘lib o‘tgan festivalda dunyoning 37 mamlakatidan 400 nafarga yaqin kinoijodkorlar ishtirok etdi.
Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga binoan «Ipak yo‘li durdonasi» nomi bilan qayta tiklangan bu yilgi XIII Toshkent xalqaro kinofestivali “Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida tashkil qilindi.
Festivalning ochilish marosimida AQSH, Hindiston, Italiya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Misr, Isroil, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Tojikiston singari davlatlar qatorida Belarus kinoijodkorlaridan ham mashhur va afsonaviy kino yulduzlar ishtirok etdi.
– Mamlakatingizda bizni yaxshi kutib olishdi. Ushbu xalqaro kinofestivalning qayta tiklangani uchun O‘zbekiston tomonidan juda xursandmiz. Aytishim kerak, festivalning ochilish marosimiga ham yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan, hammasi uchun rahmat, – deydi mashhur Belarus kinoyulduzi Alla Prolich.
Eslatib o‘tamiz, “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yil 27-sentyabrdan 3-oktyabrgacha davom etadi.
UZTELECOM – “Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali hamkori!