December 29, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro internetga ulanish uchun onlayn ariza bergani, biroq aksiya doirasida xizmat ko‘rsatilmayotganligiga e’tiroz bildirgan. https://t.me/muxbir1/13819

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. Murojaat hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress