Munosabatlar
March 12
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali Buxoro shahar Vasfiy ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligidan shikoyat qilib, murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchining arizasi qabul qilinib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.