February 9, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “TanqidlarUz” Telegram kanalida Namangan viloyati Namangan shahar hududida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida nosozliklar kuzatilayotganligi bo‘yicha yo‘llagan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishgan. Masala ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz
@uztelecompress