“Ayolni qadrlash – millatni qadrlash”
Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar jamiyatning barcha sohalarda faol ishtirok emoqda va buning uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Boisi, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbektelekom” AK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Ayolni qadrlash – millatni qadrlash” mavzusida tashkil qilingan tadbir ham mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborning yana bir namunasi bo‘ldi.
Tadbirda Kompaniyaning “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali direktori Yadgar Tulyaganov hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nargiza Karabayeva so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini, avvalo, bahor bayrami bilan samimiy tabrikladi va jamaoda ularning o‘rni beqiyosligini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlar natijasida o‘tgan davr mobaynida xotin-qizlarning faolligi barcha jabhalarda ortganligi, o‘z o‘rnida ular ham yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishlari zarurligini aytib o‘tdi.
Mazkur tadbir davomida Kompaniyada uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan bir guruh ayol xodimalarni pensiya yoshiga kuzatish marosimi ham o‘tkazildi. Mehnat fidoyilariga soha taraqqiyotiga qo‘shgan ko‘p yillik munosib hissasi uchun alohida minnatdorlik bildirildi. Esdalik sovg‘alari topshirilib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.