December 25, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “BASTION” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro Wi-Fi tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligi va bu borada amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.