Munosabatlar
May 15

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘i shartnomada keltirilgan tezlik bilan ishlamayotganligi yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatda keltirilgan muammo o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etishga yo‘naltirilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati