June 6, 2023

UZTELECOM kovorking markazida ITPU xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Tadbir qo‘l san’atlari, zargarlik buyumlari, shirinliklar, kitoblarni sotib olish va xayriya tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyatni taqdim etdi.
 
Tadbir doirasida xayriya jamg‘armalari vakillari, xususan, "Hayot" itlar uchun boshpana va muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadigan "Moʻjizalar vaqti" xayriya jamg‘armasi vakillari so‘zga chiqdilar.
 
Yarmarka ishtirokchilari ham ko‘plab qiziqarli tadbirlarga guvoh bo‘lishdi. Foto-art terapiyasi estetika dunyosiga kirib, go‘zallikdan bahramand bo‘lishga imkon berdi. Mazali taomlar taklif qilindi va jonli musiqa yoqimli muhit yaratdi.  BloknotiUz mahsulotlarini sotib olish imkoniyati yaratildi va "Moʻjizalar vaqti" xayriya savdosi ularning muhim ishlarini qo‘llab-quvvatlashga yordam berdi.
 
Handmade mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahorat darslari o‘zingizni ijodkor kabi his qilish va noyob narsalarni qanday yaratishni o‘rganish imkonini berdi. Tashkilotchilar ko‘ngilochar tadbirlarni unutmadilar – turli xil o‘yinlar bayramona muhitni hosil qilishga yordam berdi.
 
UZTELECOM kovorking markazidagi tadbir xayriya g‘oyasi atrofida birlashish, ijodiy muhitdan bahramand bo‘lish va muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati *** В коворкинг-центре UZTELECOM состоялась благотворительная ярмарка ITPU

Мероприятие предлагало уникальную возможность приобрести изделия ручной работы, украшения, сладости, книги и внести свой вклад в поддержку благотворительных организаций.

В рамках мероприятия выступили представители благотворительных фондов, в частности приюта для собак «Hayot» и благотворительного фонда «Время Чудес», которые занимаются поддержкой нуждающихся.

Участников ярмарки также ожидали множество интересных активностей. Фото-арт терапия позволяла окунуться в мир эстетики и насладиться красотой. Были предложены вкусные блюда, а живая музыка создавала приятную атмосферу. Продукты от bloknoti.uz были доступны для приобретения, а благотворительный мерч от «Время Чудес» помогал поддержать их важную работу.


Мастер-классы по изготовлению handmade продуктов позволяли почувствовать себя творцом и научиться создавать уникальные вещи. Не забыли организаторы и о развлечениях — различные игры помогли погрузиться в атмосферу веселья и радости.

Мероприятие в коворкинг-центре UZTELECOM стало прекрасной возможностью объединиться вокруг идеи благотворительности, насладиться творческой атмосферой и внести свой вклад в поддержку нуждающихся.

Пресс-служба АК «Узбектелеком»