August 2, 2022

Yoz – “Yosh aloqachi”da ham o‘tmoqda soz!

Yoz mavsumi o‘zining jilosi bilan barchamizga birdek xush yoqadi. Tilni yorar shirin mevalar, qovun-tarvuzlar-u so‘lim manzillarga uyushtiriladigan oilaviy hordiqlar... Ayniqsa, yil bo‘yi ishdan toliqqan xodimlarning ham ayni shu davrda mehnat ta’tili olishga ishtiyoqi baland bo‘lishi ham bejiz emas albatta.

Biroq serquyosh bu mavsumni kattalardan ham ko‘proq shodlik bilan qarshi oluvchilar borki, ular butun yozni qanday maroq bilan o‘tkazish haqida oldindan tashvishga tushishadi. Anglaganingizdek bular shubhasiz, bolajonlardir va bu davrda yozgi oromgohlar ularning ayni muddaosidir.

Shularni inobatga olgan holda “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali va Kasaba uyushmasi tomonidan filialga qarashli “Yosh aloqachi” bolalar oromgohi joriy yilgi mavsumda bolajonlarni o‘ziga xos tarzda qarshi oldi. Aytish joizki, oromgohda, eng avvalo, malakali kadrlarni jalb etish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar xavfsizligini ta’minlash, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uzluksiz yetkazib borish masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi.

120 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maskan barcha qulayliklarga ega. Xususan, televizor, yumshoq jihozlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport musobaqalari o‘tkaziladigan turli to‘garak xonalari, shuningdek, bir necha turdagi badiiy adabiyotlar va ertak kitoblari bolajonlarga o‘zgacha kayfiyat ulashishiga hech shubha yo‘q.

Oromgoh tarbiylanuvchilarining sog‘ligi uchun o‘zini mas’ul deb bilgan malakali tibbiyot xodimlari, biri-biridan qo‘li shirin oshpazlar, yetakchi va tarbiyachilar allaqachon bolalarning bu dargohdagi sevimli insoniga aylanib ulgurgan.

4-mavsumda hordiq chiqarish maqsadida oromgohga qardosh xalqimiz – qoraqalpoq elidan 51 nafar navnihol tashrif buyurishdi. Oromgoh ularga xush yoqqanligini esa beg‘ubor bolajonlarning chaqnab turgan yuz-ko‘zidan angab olish u qadar qiyin emas.

– Ushbu oromgoh nafaqat bolajonlarimiz, balki men tasavvur qilganimdan ham a’lo ekan. Yaratilgan shart-sharoitlardan, do‘stona va samimiy muhitdan boshimiz osmonga yetdi. O‘ylaymanki, kelgusida ham tashrifimiz bardavom bo‘ladi, – deydi ularga hamrohlik qilayotgan ustozi Gulnoz Abitova.

Mavsumning ochilish marosimida Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov ham ishtirok etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidan tashrif buyurgan yoshlarni samimiy qutladi va ularga maroqli hordiq tiladi.

Mavsum davomida bolajonlar uchun har kuni bir-biridan qiziqarli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilib, ularning ta’til kunlarini yuqori taassurotlarga boy bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.

Aytish joizki, “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali tomonidan oromgohning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida har yili turli moliyaviy va ma’naviy ko‘maklar berib kelinadi. Shuningdek, dam oluvchilarning maroqli hordig‘i uchun zarur barcha buyumlar, kiyim-kechaklar bilan ta’minlashda ko‘maklashiladi. Jumladan, joriy yilgi 4-mavsum qatnashchilari – 51 nafar qoraqalpoq o‘g‘il-qizlari filial kasaba uyushmasi tomonidan tuhfa etilgan sport kiyimlari va yo‘l sumkalarida o‘z manzillariga kuzatildi.

Лето проходит прекрасно в «Ёш алокачи»

Лето радует всех нас своей яркостью. Сладкие фрукты, дыни и арбузы, семейный отдых, организованный в солнечных местах... Не случайно сотрудники, уставшие от работы круглый год, тоже стремятся в это время в отпуск.

Однако есть и те, кто встречает это время года с большей радостью, чем взрослые, которые заранее беспокоятся о том, как весело провести все лето. Как вы понимаете – это, несомненно, дети! В этот период их единственным местом назначения являются летние лагеря.

Учитывая это, Бухарским филиалом АК «Узбектелеком» и профсоюзным комитетом при филиале детский лагерь «Ёш алокачи» в текущем сезоне по-своему встретил детей. Следует отметить, что в лагере, прежде всего, уделено серьезное внимание вопросам привлечения квалифицированных кадров, укрепления материально-технической базы, обеспечения безопасности детей, бесперебойной поставки им качественных продуктов питания и лекарств.

120-ти местный лагерь имеет все удобства. В частности, нет сомнений, что телевидение, софт-аппаратура, различные клубные комнаты, где проводятся духовно-просветительские и спортивные соревнования, а также несколько видов художественной литературы и книг-сказок подарят детям особое настроение.

Квалифицированные медицинские работники, считающие себя ответственными за здоровье детей лагеря, приветливые повара, вожатые и воспитатели уже стали любимцами детей в этом лагере.

В 4 сезоне лагерь для отдыха посетил 51 человек из братского Каракалпакского народа. По сияющим невинным глазам детей не так уж сложно понять, что лагерь им понравился.

– Этот лагерь не только хорош, как думали наши дети, но и намного лучше, чем я себе представляла. От созданных условий, дружеской и душевной атмосферы наши головы дошли до небес. Думаю, что и в будущем наш визит будет регулярным, – говорит сопровождающая их учительница Гульназ Абитова.

В церемонии открытия сезона принял участие хоким города Бухары Жамал Насиров, который тепло поприветствовал молодежь из Ходжейлийского района Республики Каракалпакстан и пожелал им приятного отдыха.

В течение всего сезона для детей ежедневно организовывались интересные мероприятия, встречи, были созданы все условия для того, чтобы их праздничные дни были насыщены высокими впечатлениями.

Стоит отметить, что Бухарский филиал АК «Узбектелеком» ежегодно оказывает различную финансовую и моральную поддержку в целях укрепления материально-технической базы лагеря. Филиал также помогает обеспечить всеми необходимыми вещами и одеждой для приятного досуга отдыхающих. В частности, участники 4-го сезона этого года – каракалпакские мальчики и девочки в составе 51 человек, следовали до места назначения в спортивной одежде и дорожных сумках, подаренных профсоюзным комитетом филиала.

@uztelecomuz

@uztelecompress