Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmogʻidagi shaxsiy sahifasida fuqaro mobil raqamiga qoʻshimcha pullik xizmatlar ulanib qolayotganligidan shikoyat qilib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat boʻyicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni bildiradi. Yaʼni, hech qanday qoʻshimcha kontent xozmatlari abonent ruxsatisiz va roziligisiz ulanmaydi. Bu kabi xizmatlar dastlab bepul taqdim etilishi va maʼlum muddatdan keyin pullik toʻlov evaziga taqdim etilishi oldindan maʼlum qilinadi va xizmatdan foydalanmaslik uchun uni toʻxtatish kodlari taqdim etiladi. Mazkur jarayon abonent eʼtiboridan chetda qolishi evaziga xizmat toʻxtatilmasdan qolib ketishi mumkinligi, shuning uchun abonentlardan mobil qurilmasidagi spam fayllarni muntazam tekshirib borish kerakligi bildiriladi.