February 1, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Mufasa” Telegram kanali orqali respublikadagi eng yirik nashrlardan biri – Daryo.uz internet nashrining muassisi deya e’tirof etilgan “Simple Networking Solutions” MCHJning 100 foizlik ulushi go‘yoki “O‘zbektelekom” AKga tegishli ekanligi iddao qilingan. Shuningdek, manba tarqatgan axborotda ushbu yirik internet nashriga hozirda kim egalik qilayotganligi savol ostiga qo‘yilib, bu haqda nega hech qayerda ma’lumot yo‘q va tegishli ochiq manbalarda ta’sischilar haqidagi ma’lumotlar maxfiylashtirilganligi ta’kidlangan.

Mazkur ma’lumot yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Avvalo, aytish joizki har qanday axborot tarqatilishda bu borada mamlakatimiz qonunlarida belgilab qo‘yilgan asoslarga amal qilinishi lozim. Qolaversa, ochiq manbalarda ushbu internet nashrining ta’sischilar haqidagi ma’lumotlarning ko‘rsatilmaganligi uning aynan “O‘zbektelekom” AKga tegishli ekanligini ifodalamasligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati