Munosabatlar
December 1

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining Facebook sahifasi orqali internet tezligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati