Munosabatlar
January 30
Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi Facebook sahifasi orqali internet tariflari narxidagi o‘zgarishlar yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlikda murojaatchi bilan bog‘lanib, masala yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berganligi bildiriladi.