Munosabatlar
October 30

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "ЖАМОАТ НАЗОРАТИ" Telegram kanali orqali fuqaro internet tarmog‘ida yuzaga kelayotgan nosozliklar sabab qilgan murojaati javobsiz qolayotganligini ta’kidlab murojaat qoldirilganligi hamda mazkur murojaat tezkor nazoratga olinganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Mazkur murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida mavjud muammoga oydinlik kiritilib, mutaxassislar tomonidan masala ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati