Munosabatlar
September 9

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda "Komporuz" Telegram kanali orqali Navoiy viloyati Navoiy shahri Janubiy koʻchasi hududida yashovchi fuqaro internet tarmogʻi tarif rejasini almashtirishda yuzaga kelgan muammo bilan bogʻliq holatdan shikoyat qilib murojaat yoʻllagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala boʻyicha murojaatchi bilan bogʻlanib zaruriy tushuntirish ishlari olib borilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom”AK Axborot xizmati