Munosabatlar
May 19

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “ХАЛҚ НАЗОРАТИ-НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ” guruhi orqali fuqaro Farg‘ona viloyati So‘x tumanida Internet tarmog‘i va aloqa xizmatlarida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan mazkur masala nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati