Munosabatlar
July 24, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro bir necha kundan beri internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligini tanqid qilingan.

Fuqaro murojaati Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Mutaxassislar murojaatchi bilan qayta aloqa orqali bog‘lanib, murojaatda keltirilgan holatga oydinlik kiritishdi va mavjud muammo bartaraf qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati