Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Zarnews.uz" Telegram kanali orqali Samarqand viloyati Toyloq tumani 36-umumta’lim maktabi hududida internet tarmog‘i kabeli tartibsiz holga kelib qolganligi bilan bogʻliq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi.

Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati