Munosabatlar
September 6, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Samarkand & Самаркандцы” Telegram kanali orqali Samarqand viloyati Samarqand shahar hududida joylashgan aloqa javonida aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llashgan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatda keltirilgan manzilga chiqib, mavjud muammoni bartaraf etishganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati