Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniya mijozlaridan biri ijtimoiy tarmoq orqali UZTELECOMning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi, bu boradagi murojaatlari esa e’tiborsiz qoldirayotganligi bo‘yicha shikoyat yo‘llagan.
Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida mutaxassislar holat bo‘yicha vaziyatga oydinlik kiritganda, fuqaroning Internet tarmog‘ida hech qanday muammo mavjud emasligi aniqlangan. Fuqaroga Internet tarmog‘idan foydalanishda o‘zi tanlagan tarif rejasida ko‘rsatilgan tezlik taqdim etilayotganligi ma’lum qilindi.