Soha yangiliklari
March 7

Zarafshonda “Aloqachi ayollar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘lkamizga bahor fasli tashrif buyurishi bilan bayramlar bayramlarga ulanib ketadi. Yurtimiz bo‘ylab bahoriy kayfiyat, insonlarning bir-biriga yaxshilik ulashishi yanada ortadi.

“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialining olis chо‘l hududida joylashgan Zarafshon telekommunikatsiya bog‘lamasida bunday bayramlar allaqachon boshlab yuborildi. Filial bog‘lamasi xodimlarining xotin-qizlar jamoasi o‘rtasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Aloqachi ayollar” ko‘rik-tanlovi yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari turli shartlar asosida o‘zaro bellashdilar va g‘oliblar maxsus diplomlar bilan taqdirlandi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

В Зарафшане прошел конкурс «Женщины-связисты»

С приходом весны в нашей стране к общему колориту праздничной атмосферы примкнут новые акценты в виде дополнительных праздников. Весеннее настроение и взаимная доброта среди людей будут приобретать дополнительные нюансы, охватывая всю нашу страну.

Подобные торжества уже начались на Зарафшанском узле телекоммуникаций Навоийского филиала АК «Узбектелеком», расположенном в отдаленной пустынной местности. К 8 марта – Международному женскому дню среди женского коллектива работников филиала был проведен конкурс «Женщины-связисты».

Участницы соревновались в разных условиях, а победители были награждены специальными дипломами.

Пресс-служба АК «Узбектелеком»