Munosabatlar
November 5
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Sharqobod” MFY Kashfiyot ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro Wi-Fi tarmog‘idagi o‘zilishlardan shikoyat qilib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, muammo ijobiy hal qilganligi bildiriladi.