Soha yangiliklari
February 28

UZTELECOM – Taekvondo ITF: Oʻzbekiston chempionatining texnik hamkori

Joriy yilning 24 – 25-fevral kunlari Toshkent shahrida taekvondo ITF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bo‘lib oʻtdi.

Unda taekvondo ITFning turli yoʻnalishlari boʻyicha 700 nafarga yaqin sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Umumjamoa hisobida 1-oʻrin Toshkent viloyati, 2-oʻrin Buxoro viloyati va 3-oʻrin Toshkent shahar jamoasiga nasib etdi.

UZTELECOM texnik hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlagan musobaqada terma jamoa aʼzolari 2024-yilning 2 – 8-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon Kubogi va Jahon chempionatiga saralab olindi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati