Munosabatlar
July 1

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "XALQ DARDI" Telegram kanali orqali internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelayotganligi aytib o‘tilgan murojaat eʼlon qilingan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniyaning tegishli boʻlinma xodimlari qayta aloqa orqali murojaat boʻyicha qo‘shimcha ma’lumot so‘rab so‘rov qoldirilganligi bildiriladi. Biroq murojaatchi zaruriy ma’lumotlarni taqdim etmagan.
Shuningdek, mazkur axborot kanali orqali abonentlardan kelganligi ta’kidlangan yana bir murojaat e’lon qilingan. Unda tarif narxlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan abonentlar oldindan ogohlantirilmasligi bo‘yicha shikoyat qoldirilgan.

Mazkur murojaat ham aniqlanishi bilan tegishli tartibda qayta aloqa orqali murojaat boʻyicha qo‘shimcha ma’lumot so‘rab so‘rov qoldirilgan bo‘lishiga qaramay biror javob berilmaganligi bildiriladi.

Aytish joizki, "Oʻzbektelekom" AK murojaatlar yuzasidan har doim ochiq muloqotga tayyor va so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaatlar ijobiy hal qilishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati