Munosabatlar
April 24

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребители Самарканда” guruhi orqali fuqaro Internet tarmog‘iga yaqinda ulanganligi biroq unga taqdim etilgan tarmoqqa ulanish qurilmasi bilan bog‘liq muammo yuzasidan e’tiroz bildirib murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan mazkur masala nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati