Munosabatlar
April 1

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon shahrida yashovchi fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘i ulatmoqchi ekanligi va boradagi murojaatlari natijasiz qolayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari masalaga oydinlik kiritib, murojaatchi hududida texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganligi sababli mazkur masalaga rejaga kiritilgan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati