June 13, 2022
Aloqa sohasi kadrlarining malakasi muntazam oshirilmoqda
Har bir yo‘nalishda bo‘lgani kabi aloqa xizmatlarini aholiga sifatli yetkazishda xodimlarning malakasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu kabi talablarni e’tiborga olgan holda "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi" filialida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, "C&C08 raqamli kommutatsiya tizimining qurilishi va unga texnik xizmat ko‘rsatish" va "Optik tolali aloqa liniyalarini qurish, montaj va ekspluatatsiya qilish" mavzusidagi o‘quv kurslari ham yakunlanib, 23 nafar tinglovchi sertifikatga ega bo‘ldilar.