Soha yangiliklari
January 10

Xorazmda aloqa kabeliga yetkazilgan zarar bartaraf etildi

Mamlakatimizda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlari muhofazasi doimiy nazoratga olingan va bu boradagi tartib, qoidalarga amal qilmaganlik uchun tegishli javobgarliklar belgilab qo‘yilgan.

Shunga qaramasdan joylarda bunday holatlar sodir etilmoqda. Xususan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Jaloil” MFY hududida yashovchi fuqaro O.N. yer qazish ishlarini olib borish vaqtida e’tiborsizligi natijasida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Yangiariq-Xiva yo‘nalishidagi optik tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

Holat mas’ullar ishtirokida o‘rganilganda fuqaro telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, fuqaroga “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan tegishli ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi.

Aloqa kabeli uzilishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan texnik holat esa Filial mutaxassislari tomonidan shu vaqtning o‘zida tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Qolaversa, ushbu aloqa tarmog‘i zaxiralanganligi sababli telekommunikasiya tarmoqlarida to‘xtalishlar va xizmatlar sifati yomonlashishi holatlari yuzaga kelmagan.

Kelgusida Siz bilan bog‘liq bunday holatlar yuz bermasligi uchun yer qazish ishlarini amalga oshirish jarayonida quyidagilarga amal qilishingiz so‘raladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati